Toshkentda ichida yarim million dollar bo‘lgan seyf o‘g‘irlandi

eʼlon qilindi
Bo‘sh seyf kanalga oqizib yuborilgan
Toshkentda ichida yarim million dollar bo‘lgan seyf o‘g‘irlandi / Foto: iStock

Toshkentning Mirobod tumanida ikki erkak ofisdan ichida $560 ming, hujjatlar va fleshkalar bo‘lgan seyfni o‘g‘irladi. Bu haqda Toshkent shahar IIV ma’lum qildi.

Ular kechasi Gentra mashinasida kelib, ofisga buzib kirgan va kompaniya rahbarining kabinetidan seyfni olib chiqib ketgan.

Kuzatuv kameralari orqali gumondorlar aniqlanib, ulardan biri Andijonda qarindoshinikida qo‘lga olindi. U seyfni «bolgarka» bilan ochib, pullarni olgan, bo‘sh seyfni kanalga tashlagan. Olingan pullarning bir qismi sherigiga berilgan, qolganiga Honda motocikli xarid qilingan va 10 ming dollar qochishga sarflanmoqchi bo‘lgan.

Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, zarar qoplangan va tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda 2,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlangani haqida yozgan edik.

Shuningdek