Huawei’ning Maextro S800 sedani 10 mingdan ortiq buyurtma oldi

eʼlon qilindi
Narxi $98 900 dan $142 200 gacha
Huawei’ning Maextro S800 sedani 10 mingdan ortiq buyurtma oldi / Foto: Maextro

Huawei kompaniyasi ishlab chiqargan yangi Maextro S800 sedani bozorda katta qiziqish uyg‘otdi. Atigi 67 kun ichida ushbu modelga 10 mingdan ortiq buyurtmalar berildi. Bu haqda IT Home nashri ma’lum qildi.

Mercedes-Maybach S-Class va BYD Yangwang U7’ga raqib sifatida taqdim etilgan sedanning narxi $98 900 dan $142 200 gacha.

5480 mm uzunlikka ega bo‘lgan Maextro S800 modelida aqlli elektr eshiklar, «yulduzli osmon» effektiga ega panoramali tom, orqa o‘rindiqlarda «bezorlik holati» funksiyasi va Huawei’ning eng so‘nggi texnologiyalari mavjud. Avtomobil 863 ot kuchigacha bo‘lgan ikki yoki uch motorli versiyalarda taqdim etiladi.

To‘liq elektrli versiyasi 94,4 kVt/soatli akkumulyator bilan 702 km masofani bosib o‘tishi mumkin. Gibrid modeli esa 1,5 litrli turbomotor va 63,3 kVt/soatli batareyaga ega bo‘lib, atigi 10,5 daqiqada 80% gacha tez zaryadlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Monza boshqa nom bilan sotuvga chiqqani haqida yozgan edik.

Shuningdek