Toshkentda xalqaro gemmologiya markazi ish boshlaydi

eʼlon qilindi
Isroil kompaniyasi hamkorligida
Toshkentda xalqaro gemmologiya markazi ish boshlaydi. Foto: gem-center

Toshkent shahrida GCI Gemological Centers Uzbekistan gemmologiya markazi tashkil etiladi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Isroilning GCI Gemological Centers Ltd. kompaniyasi va O‘zbekistondagi «Expert One» MCHJ hamkorligida GCI Gemological Centers Uzbekistan markazini ochish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Yangi markaz qimmatbaho toshlarni xalqaro standartlar asosida baholash va sertifikatlash, shuningdek, gemmologiya yo‘nalishida ta’lim dasturlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.

«GCI» bosh menejeri Yehuda Yakarning aytishicha, O‘zbekistonda filial ochish qarori mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, sarmoyadorlar uchun qulay muhit va xalqaro ishonchning ortib borayotgani bilan bog‘liq.

Bundan oldin qimmatbaho metallar bilan bog‘liq huquqbuzarlik haqida xabar berganlar mukofotlanishi haqida yozgandik.

Shuningdek