Qashqadaryodagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi – video
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Yong‘in oqibatida bir kishi yengil kuyish tan jarohati olgan

5-avgust kuni soat 22:20 da Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi «Oltindala» MFYda joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Propan gazini auto-tsisternadan saqlash rezervuariga quyish jarayonida chaqnash sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘in soat 22:30 da qurshab olinib, 22:50 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa natijasida 1 ta auto-tsisterna va 10 kubli propan gaz rezervuari yongan.
Yong‘in oqibatida auto-tsisterna haydovchisi yengil kuyish tan jarohati olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chorvoq yaqinida yana yong‘in yuzaga kelgan edi.