Turkmanistonda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon milliy kunlari nishonlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘zbekiston uchun an’anaviy hovli uslubida qurilgan pavilon tanlandi
Markaziy Osiyo va Ozarbayjon milliy kunlari nishonlandi / Foto: President.uz

BMTning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha konferensiyasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon milliy kunlariga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Milliy kunlar doirasida mintaqa xalqlarining boy madaniy merosi, hunarmandchiligi, san’ati va turizmi namoyish etildi. Milliy pavilonlar, taomlar ko‘rgazmasi hamda pazandachilik bo‘yicha mahorat darslari tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Foto: President.uz

O‘zbekistonning an’anaviy hovli uslubida qurilgan paviloni alohida e’tiborni tortdi. Tadbir mintaqadagi madaniy rang-baranglik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga xizmat qildi.

Foto: President.uz

Mazkur tadbir bilan Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi. Uni Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbari Toshkentga qaytib keldi.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari hamkorlik masalalarini muhokama qilgan edi.

Shuningdek