Nukus – Beyneu yo‘nalishida qatnovlar soni oshirildi
eʼlon qilindi
Haftasiga uch marta

Avgust oyidan boshlab Nukus – Beyneu – Nukus temiryo‘l yo‘nalishida qatnovlar haftasiga uch martaga yetkaziladi. Avval bu yo‘nalishda poyezd haftasiga ikki marotaba harakatlangan edi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar berdi.
Yo‘lovchilar talabiga ko‘ra, poyezdlar harakat jadvaliga ham o‘zgartish kiritildi. Endilikda qatnovlar ertalabgi soatlarda amalga oshiriladi.
Yangi jadvalga ko‘ra:
- Nukus – Beyneu yo‘nalishi bo‘yicha poyezd har kuni soat 05:00 da Nukusdan jo‘nab, soat 16:24 da Beyneuga yetib boradi.
- Beyneu – Nukus yo‘nalishida esa poyezd soat 20:48 da Beyneudan harakatlanib, 08:40 da Nukusga yetib keladi.
Avvalroq «Kursiv» nashri Qirg‘iziston Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l qurilishini boshlagani haqida yozgandi.