Tramp AQShga import qilinadigan chiplarga 100% boj solmoqchi

eʼlon qilindi
Tayvanning TSMC kompaniyasi bundan mustasno
Tramp AQShga import qilinadigan chiplarga 100% boj solmoqchi / Foto: Wfer World

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShda ishlab chiqarilmayotgan yarim o‘tkazgich (chip) mahsulotlariga 100 foizgacha boj solinishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, yangi bojlar faqat AQShda ishlab chiqarishni boshlagan yoki rejalashtirgan kompaniyalarga tatbiq etilmaydi.

Bu qaror, asosan, Xitoy kabi davlatlarga ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Tayvanning TSMC kompaniyasi esa AQShda zavodga ega bo‘lgani sababli bundan mustasno bo‘ladi. Yirik kompaniyalar, jumladan, Nvidia, ichki ishlab chiqarishga sarmoya kiritish orqali bojdan qochmoqda.

Trampning bayonoti hali rasmiy boj e’loniga aylantirilmagan bo‘lsa-da, bu AQSh chip sanoatida jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Hindistonga Rossiyadan neft xarid qilgani uchun yana tariflar bilan tahdid qilgan edi.

Shuningdek