
Amerikalik qo‘shiqchi Jennifer Lopezga konsert arafasida uning surati tushirilgan lagan (idish) sovg‘a qilindi. Qo‘shiqchi Instagram sahifasiga sovg‘ani ochayotgan videosini joyladi.
«O, naqadar ajoyib, rahmat», – deya minnatdorchilik bildirdi qo‘shiqchi.
Konsert bugun, 7-avgust kuni poytaxtimizdagi «Bunyodkor» («Milliy») stadionida bo‘lib o‘tadi. Kursiv Uzbekistan muxbirining xabar berishicha, Jennifer Lopes konserti uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlangan.
Konsert soat 20:00 da boshlanadi, tomoshabinlar esa stadionga soat 18:00 dan boshlab kiritiladi. Shu munosabat bilan shahar hokimligi toshkentliklar va poytaxt mehmonlarini tartib-intizomga rioya qilishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jennifer Lopez konserti uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.