Toshkentda rossiyalik gubernator uchun 238 million so‘mlik ziyofat o‘tkaziladi

Sankt-Peterburg shahri delegatsiyasining Toshkentga rasmiy tashrifi doirasida tantanali banket tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Rossiya davlat xaridlari portalida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, bu tadbir uchun $238 mlngacha mablag‘ ajratiladi.
Rasmiy qabul Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida, diplomatik protokolga muvofiq o‘tkaziladi. Banketda 80 nafargacha mehmon ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lib, u kamida 2 soat davom etadi. Tadbirni tashkil etuvchi tomon xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, ofitsiantlar va administratorlar bilan ta’minlaydi.
Menyudan cho‘chqa go‘shti istisno qilingan, ammo spirtli ichimliklar – shampan (150 ml), oq yoki qizil vino (350 ml), konyak va aroq (100 ml dan) taklif etiladi. Shuningdek, turli baliqli va go‘shtli zakuskalar, salatlar, issiq ovqatlar, garnirlar, shirinliklar va turli ichimliklar ham dasturxonga tortiladi. Ushbu maxsus banketda aynan qaysi taomlar tortilishi hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda to‘ylarga qancha sarf qilinishi haqida yozgan edik.