290 dollarlik 8000 mA·soat batareyaga ega yangi smartfon taqdim etildi

8-avgust 2025 10:55 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
IQOO
290 dollarlik 8000 mA·soat batareyaga ega yangi smartfon taqdim etildi / Foto: IQOO

iQOO kompaniyasi yangi IQOO Z10 Turbo+ smartfonini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda. Qurilma kuchli MediaTek Dimensity 9400+ protsessori va 3,26 mln AnTuTu balli bilan ajralib turadi.

Smartfon LPDDR5X Ultra tezkor xotira va UFS 4.1 flesh xotiraga ega. Sovitish uchun 7000 mm² maydonli bug‘ kamerasi ishlatiladi.

OLED ekrani 6,78 dyuym, 1,5K aniqlik va 144 Hz yangilanish tezligiga ega. Yorqinligi 2000 nitgacha, pik yorqinligi esa 5500 nit.

Foto: IQOO

Batareya sig‘imi 8000 mA·soat bo‘lib, iQOO seriyasidagi eng kattasi. 90 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Vazni 212 g, qalinligi 8,16 mm. Asosiy kamera 50 MP bo‘lib, OIS stabilizatsiyasi mavjud.

Narxlar quyidagicha:

Xotira hajmiNarx (yuan)Narx (USD)
12/256 GB2100$290
16/256 GB2500$350
12/512 GB2700$375
16/512 GB3000$420

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri iQOO Z10 Turbo+ 144 Hz rejimini qo‘llab-quvvatlashi haqida yozgan edi.

Shuningdek