
UEFA Konferensiyalar ligasi saralash bosqichi doirasida «Istanbul Bashakshehir» safarda Norvegiyaning «Viking» jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 1:3 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning 2-daqiqasida Sander Svennsen mezbonlar hisobini ochdi. O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov 58-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Oradan ikki daqiqa o‘tmay, Deniz Turyuch hisobni tenglashtirdi. 79-daqiqada Kristofer Operi «Bashakshehir»ni oldinga olib chiqdi, 90+4-daqiqada esa Deyvi Zelke so‘nggi nuqtani qo‘ydi – 1:3.
Turk klubi ikkinchi bo‘limda to‘liq tashabbusni qo‘lga olib, safarda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Javob uchrashuvi 13-avgust kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan «Istanbul Bashakshehir» klubi Konferensiyalar ligasi saralashining navbatdagi bosqichiga yo‘l olgani haqida yozgan edi.