Mirziyoyev va Putin O‘zbekiston – Rossiya strategik sherikligini mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

eʼlon qilindi
Ikki davlat yetakchilari bo‘lajak uchrashuv va tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar
Foto: Prezident matbuot xizmati

8-avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda ikki tomonlama hamkorlik va xalqaro ahamiyatga ega dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Putin 6-avgust kuni Moskvada AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan o‘tkazilgan muzokaralarning asosiy natijalari haqida ma’lumot berdi.

Tomonlar O‘zbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning amaliy jihatlarini muhokama qildi. Xususan, o‘zaro savdo va investitsiya hajmini oshirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni jadallashtirish, hududlar darajasida aloqalarni kengaytirish, ishbilarmonlik va gumanitar almashinuvlarni davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ikki davlat yetakchilari bo‘lajak uchrashuv va tadbirlar rejasini ham muhokama qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Vladimir Putin va Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabriklagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek