Dam olish kunlari qaysi banklarda valyuta ayirboshlash mumkin
eʼlon qilindi
Ularda pul o‘tkazmalari xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, ayrim tijorat banklari dam olish kunlari ham valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari xizmatini yo‘lga qo‘ymoqda.
Xizmat ko‘rsatadigan banklar ro‘yxati:
- «Agrobank«,
- «Apexbank«,
- «Asia Alliance Bank«,
- «BRB«,
- «Ipoteka bank«,
- «NBU«,
- «Orient Finans bank«,
- «Tenge bank«,
- «Trastbank«,
- «Hamkorbank«,
- «Anor bank«,
- «SQB«,
- «Asaka bank«,
- «Garant bank«,
- «Hayot bank«,
- «Infinbank«,
- «Eron Saderot bank«,
- «Universalbank«,
- «Turon bank«,
- «Kapital bank«.
Bundan tashqari, «24/7» rejimida ishlaydigan avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali ham valyuta operatsiyalarini bajarish mumkin. Shuningdek, bank binosiga bormasdan, tijorat banklarining mobil ilovalari orqali istalgan vaqtda valyuta ayirboshlash imkoniyati mavjud.
Eslatib o‘tamiz, 8-avgust kuni dollar kursi qanchaga oshgani haqida yozgan edik.