O‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga ishga taklif qilinmoqda

eʼlon qilindi
Stajirovka davrida oylik maosh 1200 – 1500 yevro
Italiya
Italiya hamshiralarni ishga chaqirmoqda. Foto: BNP

O‘zbekistonlik hamshiralar uchun Italiyaning Milan shahri klinikalarida ishlash imkoniyati yaratildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, nomzodlarga uch oylik stajirovka, keyinchalik esa to‘liq muddatli mehnat shartnomasi taklif etiladi. Stajirovka davrida oylik maosh 1200 – 1500 yevro ($1,4 ming – $1,7 ming atrofida) miqdorida bo‘lib, bepul turarjoy, tushlik va italyan tili kurslari bilan ta’minlanadi. Ish grafigi yengil va shartlar qulay bo‘ladi. Stajirovka yakunida esa 1800 – 2200 yevro ($2 ming – $2,6 ming) maoshli shartnoma tuzish yoki avvalgi ish o‘rniga qaytarish taklifi beriladi.

Nomzodlardan «Oliy hamshiralik ishi» bo‘yicha oliy ma’lumotga ega, kamida uch yil ish tajribasi, 20 – 45 yosh oralig‘ida, sog‘lom va xorijga chiqishga to‘sqinlik qiluvchi holatlarga ega bo‘lmaslik talab etiladi.

Ariza topshirish uchun pasport nusxasi, diplom, ingliz tilida ma’lumotnoma (namuna bo‘yicha) va so‘nggi uch oyda olingan 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi rangli fotosurat taqdim etiladi.

Arizalar 2025-yil 15-avgustga qadar docs.google.com havolasi orqali qabul qilinadi.

Bundan avval Niderlandiyaning «MMBS GROEP» tashkiloti tomonidan g‘isht teruvchi mutaxassislar uchun 10 ta bo‘sh ish o‘rni e’lon qilingani haqida yozgandik.

Shuningdek