Xorazmda soxta mehnat staji tayyorlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Xorazmda soxta mehnat staji tayyorlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi / Foto: DXX

Gurlan tumanida «Soliq servis» DUK bosh mutaxassisi ikki nafar ishsiz fuqarolar uchun ma’lumotnoma rasmiylashtirishni va’da qilgan. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «abjir xodim ma’lumotnomani 2025-yil yanvardan iyungacha bo‘lgan davr uchun qilmoqchi bo‘lgan. DXX Xorazm viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti uni 12,5 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mutaxassisning noqonuniy xatti-harakati davlat hujjatlariga soxta ma’lumot kiritish va pora olish bilan bog‘liq jinoyat sifatida baholanmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq DXX soxta geologik xarita va ish va’dasi bilan firibgarlik qilganlarni ushlagan edi.

Shuningdek