O‘zbekiston yarim yilda ikki ming tonnaga yaqin muzqaymoq import qildi

eʼlon qilindi
Qiymati $9,4 millionga teng bo‘lgan
muzqaymoq
Yarim yilda ikki ming tonnaga yaqin muzqaymoq import qilindi. Rasm SI yordamida tayyorlandi

2025-yilning yanvar – iyun oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatdan qiymati $9,4 millionga teng bo‘lgan, jami 1,8 ming tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Mazkur koʻrsatkich 2024-yilning ushbu davri bilan solishtirilganda 440 tonnaga ko‘p.

Eng koʻp muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari yetkazib bergan davlatlar:

  • Rossiya – 828 tonna;
  • Qozogʻiston – 648 tonna;
  • Xitoy – 187 tonna;
  • Belarus R. – 73 tonna;
  • Fransiya – 33 tonna.

Qolgan 55 tonna mahsulot boshqa davlatlardan import qilingan.

Bundan avval «Xottabich» muzqaymog‘i sanitariya talablariga mos kelmagani tasdiqlangani haqida yozgandik.

Unga ko‘ra, «X Xasanboy va xolod» MCHJ iste’molchilarga sifatsiz mahsulot sotganligi uchun 64 mln so‘m pul mablag‘ini qaytaradi.

Mazkur mahsulot SanPin va «Oziq-ovqat xavfsizligi uchun gigiyena qoidalari»ga zid ekani tasdiqlangan. Kompaniyaning o‘zi ham mahsulot sifatini baholash uchun ekspertiza o‘tkazgan va natijalar belgilangan standartlarga mos kelmasligini ko‘rsatgan.

Shuningdek