Yashirin iqtisodiyot yuqori sohalarda raqamli texnologiyalar joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
So‘nggi yillarda soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi, 100 dan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, natijada yashirin iqtisodiyot ulushi 2019-yildagi 45 – 50 foizdan 35 foizga tushdi. Endi bu ko‘rsatkichni yanada qisqartirish rejalashtirilmoqda.
Yashirin iqtisodiyot yuqori bo‘lgan sohalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish, barcha litsenziya va ruxsatnoma jarayonlarini inson omilisiz amalga oshirish, naqd pulsiz to‘lovlarni kengaytirish, korrupsiyaga yo‘l ochuvchi omillarni bartaraf etish vazifalari belgilandi.
Davlat rahbari nazoratni kuchaytirish bilan birga soliq madaniyatini oshirish, halol ishlovchi tadbirkorlarni rag‘batlantirish va qonuniy ishlashni manfaatli qilish zarurligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun maxsus huquqiy rejim joriy etilishi haqida xabar bergan edik.