Yangilangan Chevrolet Spark elektromobilining narxi e’lon qilindi

12-avgust 2025 10:46 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Spark 2026
Yangilangan Chevrolet Spark elektromobilining narxi e’lon qilindi / Foto: Electric

General Motors Argentinada yangilangan Chevrolet Spark 2026 elektromobilini rasmiy taqdim qildi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.

Ushbu model Chevrolet’ning mamlakatdagi birinchi to‘liq elektr avtomobili bo‘ldi va kichik SUV (B-segment) bozorida ham ilk bor sotuvga chiqdi.

Foto: GMAutority
Foto: GMAutority

GM Argentina tijorat direktori Andres Karfagna Spark EUV shahar hayotiga mos dizayn, texnologiya va xavfsizlikni taklif qilishini ta’kidladi.

«Spark EUV shahar hayotiga mos dizayn, texnologiya va xavfsizlik taklif etadi», – dedi GM Argentina tijorat direktori Andres Karfagna.

Avtomobil bitta elektromotor bilan jihozlangan. Quvvati 102 ot kuchi, momenti 180 Nm. 42 kVt·soatli batareya bilan bir zaryadda 360 km masofani bosib o‘tadi.

Yangilangan Chevrolet Spark 2026 qanday narxda sotiladi / Foto: GMAutority

Spark EUV Xitoydan import qilinadi. 5 xil tashqi rang, 2 xil ichki rang va 70 ta aksessuar bilan tanlash imkoniyati mavjud. Uch yillik umumiy kafolat va sakkiz yillik batareya kafolati beriladi.

Argentina bozoridagi boshlang‘ich narxi 35,7 mln peso (taxminan $28,1 ming).

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangilangan Chevrolet Captiva avtomobili global savdo chiqqani haqida yozgan edi.

General Motors Yaqin Sharqda 2026-yilgi yangilangan Chevrolet Captiva EV va Captiva PHEV’ni ilk bor taqdim etdi. GMAutority nashrining yozishicha, bu Braziliyadagi rasmiy premyeradan so‘ng bo‘lib o‘tgan. Yangi modellar Captiva oilasini kengaytiradi. Endi qatorga benzinli 7 o‘rinli versiya bilan birga EV va PHEV ham kiradi.

Shuningdek