Tramp oltinga tarif belgilanmasligini ma’lum qildi

eʼlon qilindi
Bayonot tariflarga oid qaror jahon qimmatbaho metallar bozorlarida tartibsizlik va sarosimaga sabab bo‘lganidan keyin bildirilgan
AQSh oltin importiga boj solmaydi. Foto: sweet_tomato / depositphotos.com

Donald Tramp 11-avgust kuni e’lon qilingan bayonotida oltin importi Amerika bojlari ta’siriga tushmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

«Oltinga tarif belgilanmaydi», deb yozdi u TruthSocial ijtimoiy tarmog‘ida.

Ushbu bayonot tariflarga oid qaror jahon qimmatbaho metallar bozorlarida tartibsizlik va sarosimaga sabab bo‘lganidan keyin bildirilgan.

Bundan avval jahon bozorida oltin narxi yangi tarixiy rekordni o‘rnatgani haqida yozgandik.

Bunga AQSh tomonidan bir kilogrammli oltin quymalari importiga boj joriy qilinishi sabab qilib ko‘rsatilgan. Eng katta o‘sish dekabr oyida yetkazib beriladigan oltin fyucherslarida kuzatildi – narx 2,32 foizga ko‘tarilib, $3534,10 ni tashkil etdi. Bu tarixdagi eng yuqori narx bo‘lib, avvalgi rekord 2025-yil 22-aprel kuni $3509,90 da qayd etilgandi.

Bugun, 12-avgust Toshkent vaqti bilan soat 10:55 holatiga ko‘ra, oltinning narxi bir troya unsiyasi (31,1 gramm) uchun $3402.8 ni tashkil qilmoqda.

Shuningdek