Yangi o‘quv yilida 700 mingdan ortiq bolalar birinchi sinfga o‘qishga qabul qilinadi
eʼlon qilindi
Ayni paytda umumiy rejaning 90 foizi qabul qilingan

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (MMTV) ma’lumotiga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilida 1-sinfga jami 666 ming nafar o‘quvchi qabul qilindi. Bu umumiy rejaning 90 foizini tashkil etadi.
Viloyatlar kesimida eng ko‘p qabul qilingan o‘quvchilar:
- Samarqand viloyati – 83 211 nafar;
- Farg‘ona viloyati – 72 514 nafar;
- Qashqadaryo viloyati – 69 997 nafar.
Eng kam qabul qilingan hududlar:
- Sirdaryo viloyati – 15 636 nafar;
- Navoiy viloyati – 18 928 nafar;
- Jizzax viloyati – 29 141 nafar.

Toshkent shahrida esa 43 077 nafar bola 1-sinfga qadam qo‘ydi. Ma’lumot o‘rnida maktablarga qabul jarayonlari 15-avgustga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Marhamatdagi maktab o‘qituvchilari ishtirokidagi hashar bo‘yicha chora ko‘rilgani haqida yozgan edi.