Andijon aeroporti xalqaro reyslarni qayta tikladi

2025-yil 12-avgustda Andijon aeroporti mart oyida boshlagan keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng ilk xalqaro reysini amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, «Flyone Asia» aviakompaniyasining Andijon – Jidda yo‘nalishidagi haftasiga ikki marta (seshanba va payshanba) 151 yo‘lovchi bilan muntazam parvozni amalga oshirdi.
Shuningdek, Andijondan Toshkentga ham «Silk Avia» va «Uzbekistan Airways» kompaniyalari muntazam reyslarini amalga oshirib kelmoqda, bu esa hududning ichki va tashqi aloqalarini yanada yaxshilaydi. Andijon aeroportining faoliyati qayta tiklangani mintaqaning iqtisodiy va sayyohlik salohiyatini oshirishda muhim qadam hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Air China Urumchi – Toshkent yo‘nalishida birinchi parvozni amalga oshirgan edi.