DXX qalbaki kupyuralarning muomalaga chiqishini to‘xtatib qoldi
eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyati DXX Qo‘qon shahar bo‘limi xodimlari 2003-yilda tug‘ilgan fuqaroni qalbaki pullarni muomalaga kiritishda ayblab ushladi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, fuqaro 50 mln so‘m miqdoridagi qalbaki pullarni haqiqiy 8 mln so‘mga sotgan paytida ushlandi.
Tadbir davomida uning yashash joyida 315,5 mln so‘mlik va $120 ming miqdoridagi qalbaki kupyuralar topilib olib qo‘yildi. Fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va unga pullarni yetkazgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq DXX bir necha korrupsion holatlarni fosh etgan edi.