O‘zbekiston qazilmalari global yetkazib berish zanjiriga qo‘shiladi

eʼlon qilindi
Xalqaro investitsiya platformalaridan foydalanish imkoni paydo bo‘ladi
O‘zbekiston qazilmalari global yetkazib berish zanjiriga qo‘shiladi / Foto: Facebook

O‘zbekiston texnologik metallar zavodi (TMK) Kanadadagi Kritik minerallar institutiga (KMI) a’zo bo‘ldi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

KMI sanoat korporatsiyalari, davlat idoralari, ilmiy markazlar va investorlarni birlashtirgan global strategik platforma bo‘lib, bu yil e’lon qilingan 23 ta muhim minerallar ro‘yxati ko‘plab mamlakatlarda sanoat siyosati mezoniga aylangan.

KMIga a’zolik O‘zbekistonga AQSh, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo bo‘yicha resurs strategiyalari haqidagi tezkor ma’lumotlarga kirish, nodir elementlarni xalqaro yetkazib berish zanjirlariga qo‘shish, texnologiyalar transferi hamda investitsiya platformalaridan foydalanish imkonini beradi.

Ushbu qadam TMKga nafaqat mamlakat manfaatlarini jahon bozorida faol ilgari surish, balki mintaqaviy barqarorlik va global ta’minot xavfsizligi masalalarida ham faol ishtirok etish imkonini yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va O‘zbekiston foydali qazilmalar sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar imzolagan edi.

Shuningdek