Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish testlari sanasi belgilandi

eʼlon qilindi
Sinovlar ikki smenada tashkil etiladi
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish testlari sanasi belgilandi / Foto: Oliygoh

Xorijiy va O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 18–19-avgust kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi ma’lum qildi.

Sinovlar ikki smenada — 08:00–11:00 va 15:00–18:00 oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Testlar 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha tuziladi. Jami 90 ta savolga 3 soat vaqt beriladi.

Ishtirokchilar ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan yuklab olishi, belgilangan vaqtda pasport va ruxsatnoma bilan kelishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kasbiy ta’lim tashkilotlariga hujjatlar qabuli boshlangan edi.

Shuningdek