Toshkent – Moskva reyslari jadvalida o‘zgarish bo‘ldi
eʼlon qilindi
13-14-avgust kungi reyslarda

13-avgust kuni havo kemasining kechikib yetib kelishi sababli Toshkent — Moskva (Domodedovo) – Toshkent yo‘nalishidagi HY603/604 va HY601/602 reyslarining uchish vaqti surildi. Bu haqda aviakompaniya xabar berdi.
Parvozlar quyidagi yangilangan jadval asosida amalga oshiriladi:
- HY603: Toshkentdan 11:00 da uchadi, Moskvaga 13:10 da yetib keladi.
- HY604: Moskvadan 14:20 da uchadi, Toshkentga 20:05 da yetib keladi.
- HY601: Toshkentdan 21:20 da uchadi, Moskvaga 23:30 da yetib keladi.
- HY602: Moskvadan 14-avgust kuni 00:50 da uchadi, Toshkentga 06:35 da yetib keladi.
Barcha vaqtlar mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan.
Bundan avval Andijon aeroporti xalqaro reyslarni qayta tiklagani haqida yozgandik.
Unga ko‘ra, «Flyone Asia» aviakompaniyasining Andijon – Jidda yo‘nalishidagi haftasiga ikki marta (seshanba va payshanba) 151 yo‘lovchi bilan muntazam parvozni amalga oshirdi.