Volvo XC90 uchun to‘liq yangilanish paketi taqdim etildi

13-avgust 2025 11:56 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Volvo XC90
Volvo XC90 uchun to‘liq yangilanish paketini taqdim etildi / Foto: Heico Sportiv

Heico Sportiv 2025-yilgi Volvo XC90 uchun to‘liq yangilanish paketini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi.

Krossover old qismida qora yaltiroq aksentlarga ega to‘qqiz elementli obves, 22 dyuymli Volution disklar, ixtiyoriy sport prujinalar va 30 mm pastlashtirilgan pnevmosuspenziya bilan jihozlandi. Orqa qismida uch bo‘lakli qism va to‘rtta chiqindi trubasi o‘rnatilgan. Sport chiqindi tizimi ovoz balandligini sozlash imkonini beradi.

Foto: Heico Sportiv

Salon yangi sport rul, charm va alkantara qoplamasi bilan boyitilgan. Dvigatel boshqaruv bloki qayta sozlanib, T8 versiyasining quvvati 449 ot kuchidan 500 ot kuchiga oshirildi va maksimal tezlik cheklovi olib tashlangan.

Foto: Heico Sportiv

Bodikit va to‘rt chiqindi trubasi narxi $5100, sport chiqindi tizimi bilan esa $8500 bo‘ladi. Quvvat oshirish va interyer yangilanishi alohida to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Volvo S60 2026 avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek