Starlink Qozog‘istonda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirdi

eʼlon qilindi
Starlink texnologiyasi eng chekka va internet yetib bormagan hududlarda ham uzluksiz aloqa ta’minlaydi
Foto: intuji

2025-yil 13-avgustdan Starlink kompaniyasi Qozog‘istonda rasmiy ravishda sun’iy yo‘ldosh internet xizmatlarini taklif qila boshladi.

Endi mamlakat aholisi SpaceX’ga tegishli past orbitadagi Starlink yo‘ldoshlari orqali tezkor va barqaror internetdan foydalana oladi.

Bu ishga yo‘l 2025-yil 12-iyunda raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi bilan tuzilgan kelishuv orqali ochildi. Unda Starlink xizmatlari Qozog‘iston qonunchiligi, jumladan, axborot xavfsizligi talablariga to‘liq mos bo‘lishi belgilangan.

Starlink texnologiyasi eng chekka va internet yetib bormagan hududlarda ham uzluksiz aloqa ta’minlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozog‘istonda 42 ta qishloq maktabi Starlink tizimiga ulanishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek