Pop tumanidagi o‘rmonda yong‘in sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yong‘in o‘chirilgan
Pop tumanidagi o‘rmonda yong‘in sodir bo‘ldi / Foto: FVV

Namangan viloyati Pop tumanidagi o‘rmonning 70 sotix qismida shox-shabbalar yondi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov «Kursiv» nashriga bergan ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in o‘chirilgan. Hodisa Namangan viloyatining Pop tumani Guliston mahallasida joylashgan «Ibn Sino» o‘rmon xo‘jaligiga qarashli qir-adirlik hududida yuz bergan.

Video: Ijtimoiy tarmoq

FVB 20 nafar xodimi, 2 ta texnikasi, O‘rmon xo‘jaligining 20 nafar xodimi va bitta texnikasi yong‘in hududiga yetib borgan. Soat 15:40 da yong‘in o‘rab olinib, 16:05 da o‘chirilgan. 70 sotix maydonda quruq o‘t (shox-shabba) yongan.

Eslatib o‘tamiz, Sho‘rchi tumanida sodir bo‘lgan yong‘in haqida yozgan edik.

Shuningdek