Ozarbayjon vakili Rossiya raisligidagi MDH yig‘ilishida ishtirok etmadi

eʼlon qilindi
Rasmiy sabablar oshkor qilinmagan
Ozarbayjon vakili Rossiya raisligidagi MDH yig‘ilishida ishtirok etmadi / Foto: TRT

Ozarbayjon Ichki ishlar vaziri Viloyat Eyvazov 12-avgust kuni Sankt-Peterburgda o‘tgan MDH ichki ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida qatnashmadi. Bu haqda TRT agentligi ma’lum qildi.

Yig‘ilishga Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev raislik qildi. Unda jinoyatchilikka qarshi kurash, noqonuniy migratsiya masalalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ishtirokchilar birgalikda xotira tadbirlarida qatnashdi.

Kolokoltsev o‘z nutqida «MDH mamlakatlari umumiy tarixini qayta yozishga urinishlar» haqida gapirib, mintaqada xavfsizlikni ta’minlash uchun madaniy hamjihatlik va an’anaviy qadriyatlarni saqlash zarurligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Boku va Moskva o‘rtasidagi aloqalar 2024-yil oxirida Rossiya havo mudofaasi ozarbayjon samolyotini urib tushirishi va 38 kishining halok bo‘lishidan so‘ng keskin yomonlashgan.

Shuningdek, 2025-yil iyunida Yekaterinburgda ikki ozarbayjonlikning hibsda vafot etishi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Shundan beri Ozarbayjon Rossiya bilan bir qator hamkorlik tadbirlarini bekor qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon Ukrainaga $2 millionlik gumanitar yordam ajratgan edi.

Shuningdek