BYD Leopard 5 avtomobili Xitoyda 300 ming dona sotildi

14-avgust 2025 17:18 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
BYD Leopard 5
BYD Leopard 5 avtomobili Xitoyda 300 ming dona sotildi / Foto: BYD

2025-yilning birinchi yarmida BYD Formula Leopard 5 Xitoyda eng ko‘p sotilgan gibrid avtomobilga aylandi. Ushbu modelning savdosi 300 ming donaga yetdi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Xitoyda Fang cheng bao Bao 5 nomi bilan ham tanilgan o‘rta o‘lchamli model DMO Super Hybrid platformasida yaratilgan. U 1,5 litrli ichki yonuv dvigateli va ikki elektromotordan iborat, umumiy quvvati 505 kVt, aylanish momenti 760 N·m. 0–100 km/soat tezlashish 4,8 soniya, kombinasiyalangan yurish masofasi 1200 km.

Foto: ITHome

2025-yil fevralida taqdim etilgan «aqlli» versiyada tomda lidar, ko‘zgularda ko‘k aksentlar va sun’iy intellekt asosidagi ovozli yordamchi mavjud. Avtomobil HUAWEI HiCar qo‘llovchi eksklyuziv panel, 5 ta ekran, jumladan, 12,3 dyuymli asboblar paneli, 15,6 dyuymli 2,5K markaziy displey, 50 dyuymli proektsion HUD va 18 karnayli Devialet audio tizimi bilan jihozlangan.

O‘lchamlari: uzunligi 4890 mm, kengligi 1970 mm, balandligi 1920 mm (zapas g‘ildirak bilan 4930 mm). G‘ildirak bazasi 2800 mmni tashkil etadi.

Foto: ITHome

Leopard 5 Huawei Qiankun ADS 3.0 aqlli haydash tizimiga ega bo‘lib, avtoparkovka, to‘qnashuvlarning oldini olish va avtomobilni egasiga olib kelish funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Narxi $33,7 mingdan $46,3 minggacha bo‘lib, komplektatsiyaga qarab o‘zgaradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Fang Cheng Bao Ti7 avtomobili ishlab chiqarila boshlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek