Uch qahramon bozoridagilar yong‘in oqibatida 74 milliard so‘m zarar ko‘rdi

eʼlon qilindi
Zarar ko‘rgan 125 nafar tadbirkorga bo‘sh do‘konlar ikki oy davomida bepul foydalanish uchun ajratildi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyatining Uch qahramon savdo majmuasida 11-avgust kuni yuz bergan yong‘inda 8 ming kvadrat metr maydon shikastlandi. Natijada jami 74 milliard so‘mlik (taxminan $5,9 mln) moddiy zarar yetkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, hodisa xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani va elektr simlaridagi avariya oqibatida kelib chiqqan.

Yong‘in oqibatida 137 nafar tadbirkorga tegishli 181 ta do‘kon zarar ko‘rdi, 76 ta savdo nuqtasi esa bo‘sh turgandi. A, C va E bloklar eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar sifatida qayd etildi. Hodisa yuzasidan jinoyuat ish qo‘zg‘atilib, tergov ishlari davom etmoqda.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, prokuror, IIBB va FVB rahbarlari tadbirkorlar bilan uchrashib, 17-avgustdan boshlab yong‘in ta’sir qilmagan qismda savdo faoliyati tiklanishini bildirdi. Zarar ko‘rgan 125 nafar tadbirkorga bo‘sh do‘konlar ikki oy davomida bepul foydalanish uchun ajratildi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Bundan tashqari, 2026-yil 1-martdan boshlab bu hududda metropoliten infratuzilma obyekti qurilishi boshlanishi rejalashtirilgan. Shu sabab tadbirkorlarga boshqa joylarda faoliyatni davom ettirish bo‘yicha yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ushbu savdo majmuasining 40 foiz qismi yonib ketgani aytilgani haqida yozgandi.

Shuningdek