Pokiston yangi Armiya raketa kuchlarini tuzadi

eʼlon qilindi
Bo‘linma oddiy urush sharoitida raketalarni boshqarish va joylashtirish bilan shug‘ullanadi
Pokiston yangi «Armiya raketa kuchlari»ni tuzadi / Foto: G‘ulom Rasul / AFP

Pokiston Hindiston bilan may oyida yuz bergan yirik mojaro ortidan raketa salohiyatini nazorat qilish va urushda samarali qo‘llash uchun armiyada yangi Armiya raketa kuchlarini tuzmoqda. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Bosh vazir Shahboz Sharif bu qarorni 78-mustaqillik kuni arafasida e’lon qilib, kuch zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanishini aytdi. Rasmiylarga ko‘ra, yangi bo‘linma oddiy urush sharoitida raketalarni boshqarish va joylashtirish bilan shug‘ullanadi.

Hindiston buni Pokiston rahbariyatining an’anaviy anti-Hindiston ritorikasi deb baholadi. Ikki yadro qudratiga ega davlat 1947-yildan beri bir necha bor Kashmir uchun urush olib borgan va harbiy imkoniyatlarini doimiy ravishda kuchaytirib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari Transafg‘on temir yo‘li loyihasini muhokama qilgan edi.

Shuningdek