Maktab va bog‘chalarda majburiy mehnatga qarshi reydlar o‘tkaziladi

eʼlon qilindi
Majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan barcha mas’ul shaxslar javobgarlikka tortiladi
Maktab va bog‘chalarda majburiy mehnatga qarshi reydlar o‘tkaziladi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Joriy yilning 15-avgustidan boshlab Respublika bo‘ylab maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida «Majburiy mehnatga qarshi kurashish haftaligi» e’lon qilinadi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lum qildi.

So‘nggi paytlarda o‘qituvchi va murabbiylarni majburiy mehnatga jalb etish holatlari yuzasidan xabarlar tarqalgan. Aniqlangan holatlarda aybdor mansabdor shaxslarga ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilgan va vazirlik hamda idoralarga qonunbuzilish sabablarini bartaraf etish bo‘yicha taqdimnomalar yuborilgan.

Haftalik munosabat bilan Mehnat inspeksiyasi barcha ta’lim muassasalarida nazorat tadbirlarini o‘tkazadi. Haftalik davomida nafaqat ish beruvchilar, balki majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan barcha mas’ul shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ilgʻor ustozlarga dam olish uchun bepul yoʻllanma berilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek