O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Bir martalik zarur oziq-ovqat to‘plami uchun pul ajratiladi
O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi / Foto: AP

Prezident farmoniga binoan, mamlakatga olib kelingan falastinlik fuqarolarga doimiy g‘amxo‘rlik va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Unga muvofiq, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa falastinlik fuqarolarga nafaqa tayinlanadi. Mehnat yoshidagi shaxslar (nogironligi I va II guruh bo‘lganlar bundan mustasno) uchun esa har oy minimal iste’mol xarajatlari miqdorida yashash nafaqasi beriladi.

Har bir oilaning yashash manzili bo‘yicha ijara xarajatlari qoplanadi, farzand tug‘ilganda yoki dafn etish uchun belgilangan nafaqalar to‘lanadi. Shuningdek, oilalarga bir martalik zarur oziq-ovqat to‘plami xaridi uchun ko‘tarma pul ajratiladi.

Har bir mehmon oilasi uchun mahalladagi ijtimoiy xodim biriktiriladi va ularga individual ko‘mak ko‘rsatiladi, ehtiyojlari va talablariga binoan yordam ko‘rsatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliya sentabr oyida Falastin davlatini tan olishi haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek