
Samsung tez orada Samsung Galaxy A17 modelining 4G versiyasini taqdim etadi. Ma’lumotlarni taniqli insayder Sudhanxu Ambxore ochiqladi.
Smartfon MediaTek Helio G99 protsessorida ishlaydi. Ekrani 6,7 dyuymli Super AMOLED bo‘lib, 2340×1080 piksel aniqlikka va 90 Hz yangilanish tezligiga ega. Old kamera 13 MP, asosiy kamera esa 50, 5 va 2 MP sensordan iborat.

Batareya sig‘imi 5000 mA·soat bo‘lib, 25 Vt quvvat bilan zaryadlanadi. Qurilma IP54 himoya darajasiga ega va microSD xotira kartasini qo‘llab-quvvatlaydi. Yon tomonda barmoq izi skaneri mavjud.
Galaxy A17 4G Android 15 va One UI 7 bilan ishlaydi. O‘lchamlari 164,4×77,9×7,5 mm, vazni esa 190 gramm.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung S25 FE va yangi A seriyali telefonlari qachon taqdim etilishi haqida yozgan edi.