Markaziy bank mijozlarga kredit oldidan chek-list to‘ldirishni taklif qilmoqda

eʼlon qilindi
Loyiha Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e’lon qilindi
kredit
Foto: Kaboompics.com

Markaziy bank jismoniy shaxslar uchun kredit rasmiylashtirish jarayonida xavflarni tushuntiruvchi majburiy chek-list joriy etish tashabbusi bilan chiqdi. Loyiha Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e’lon qilindi.

Yangi tartibga ko‘ra, bank qarzni ma’qullaganidan keyin, ammo shartnoma imzolanishidan avval mijozga chek-list taqdim etadi. Unda to‘rtta asosiy band bo‘ladi:

  • kredit, bu – xarajat;
  • to‘lov jadvali bilan tanishdim;
  • daromadlarim kreditni qoplashga yetadi;
  • kechikish oqibatlaridan xabardorman.

Qarz oluvchi bu bandlarni o‘qib chiqib, maxsus belgilar qo‘yadi va imzo bilan tasdiqlaydi. Masofaviy rasmiylashtirishda esa belgilar elektron tarzda qo‘yilib, tasdiqlash tugmasi faollashishi uchun hujjat oxirigacha varaqlanishi shart bo‘ladi.

Shuningdek, banklarga mijoz roziligisiz kredit parametrlarini mobil ilovalarga avtomatik yuklash taqiqlanadi.

Mijozlarning moliyaviy qiyinchiliklari yuzaga kelganda kredit shartlarini o‘zgartirish yoki restrukturizatsiya qilish tartibi bank saytida ochiq e’lon qilinishi lozim.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda ikki oyda 73 ming kishi o‘z nomiga kredit rasmiylashtirishni taqiqlagani haqida yozgandi.

Shuningdek