O‘zbekiston yetti oyda 20 million dollarga yaqin o‘rik eksport qildi

eʼlon qilindi
2025-yilning yanvar–iyul oylarida
O‘zbekiston dunyoda o‘rik eksporti bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqishi mumkin. Foto: shimonbar.mail.ru / depositphotos

O‘zbekiston 2025-yilning yanvar–iyul oylarida 14 ta xorijiy davlatga qiymati $18,8 millionlik 23,4 ming tonna o‘rik eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Taqqoslash uchun, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 14 ta davlatga qiymati qariyb $62,3 mlnga teng boʻlgan 64,8 ming tonna oʻrik eksport qilgan. Joriy yilda bu ko‘rsatkich ancha pasaygan. Shunga qaramasdan o‘tgan yildagi top-3 ta importchilar bu yilda ham o‘z joyini saqlab qolgan.

Joriy mavsumda eng ko‘p o‘rik Rossiya (17,1 ming tonna), Qozog‘iston (4,3 ming tonna) va Qirg‘izistonga (1,2 ming tonna) yetkazib berilgan. Shuningdek, Ukraina (0,3 ming tonna), Belarus (0,2 ming tonna), Iroq (0,1 ming tonna), Ozarbayjon (0,04 ming tonna) va Polsha (0,04 ming tonna) ham asosiy importchilar qatoriga kirdi. Boshqa davlatlarga esa jami 0,09 ming tonna o‘rik eksport qilingan.

Foto: fruitlinkco

O‘tgan yilda Rossiya 51,5 ming tonna, Qozogʻiston 8,1 ming tonna va Qirgʻiziston 2,7 ming tonna o‘rik import qilgandi.

Bundan avval O‘zbekiston dunyoda o‘rik eksporti bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqishi mumkinligi haqida yozgandik.

Joriy mavsumda Turkiyada kuchli bahorgi sovuqlar boshqa danakli mevalarga ham zarar yetkazib, o‘rik hosilini qisqartirib yubordi. Shu sababli Turkiyaning yangi o‘rik eksport hajmi so‘nggi ikki yilga qaraganda sezilarli darajada kamayishi kutilmoqda. Shu omil va O‘zbekistonning 2025-yil aprel – iyun oylaridagi eksport ko‘rsatkichlarini hisobga olib, EastFruit tahlilchilari O‘zbekiston joriy mavsum oxirigacha yangi o‘rik eksporti bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqishi mumkin, degan xulosaga kelmoqda.

Shuningdek