Xiaomi tomonidan 20 dollarlik powerbank taqdim etildi

15-avgust 2025 16:48 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
20 dollarlik powerbank
Xiaomi tomonidan 20 dollarlik powerbank taqdim etildi / Foto: JD.com

Xiaomi kompaniyasi tomonidan 20 dollarlik powerbank sotuvga chiqarildi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Qurilma 10 000 mA/soat sig‘imga ega bo‘lib, 67 vattgacha tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Asosiy afzalligi — ichki USB-C kabel. Qurilmada zaryad foizi va holatini ko‘rsatadigan ekran mavjud. Xiaomi 15 Pro smartfonini 30 daqiqada 70% gacha zaryadlay oladi. Kirish quvvati 65 vattgacha yetadi.

Ichida uchta 3400 mA/soatli batareya elementi joylashgan. Ko‘plab zaryadlash protokollarini qo‘llaydi, shu jumladan kompyuter, smartfon, planshet, soat va naushniklar uchun. Past tok rejimi ham bor.

Ikki port: USB-C va USB-A orqali bir vaqtning o‘zida uchta qurilmani zaryadlash mumkin. Ekran batareya foizi, zaryad holati va bildirishnomalarni ko‘rsatadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oktabrdan ba’zi aviakompaniyalar samolyotga powerbank olib kirish qoidalarini qat’iylashtirishi haqida xabar bergan edi.

2025-yil 1-oktabrdan boshlab Emirates, Pegasus va Turkish Airlines parvozlarida powerbank olib yurish bo‘yicha yangi qoidalar kuchga kiradi. Bu haqda Palach nashri ma’lum qildi.

Endilikda yo‘lovchilar batareyani faqat qo‘l yukida olib yurishi, quvvati 100 Vt/soatgacha bo‘lishi va ustida aniq quvvat belgisi bo‘lishi kerak.

Yangi talablarga ko‘ra, powerbank’ni samolyotning yuqori tokchasida saqlash taqiqlanadi. Uni faqat o‘rindiq cho‘ntagida yoki oyoq ostidagi qo‘l yukida joylashtirish mumkin. Shuningdek, parvoz davomida qurilmadan foydalanish ruxsat etilmaydi.

Aksariyat aviakompaniyalar oldindan ham umumiy qoidalarni qo‘llab keladi. Katta sig‘imli yoki shikastlangan batareyalar olib kirilmaydi. Ammo yangi qoidalar asosan xavfsizlikni oshirish maqsadida joriy etilmoqda.

Shuningdek