Polshada qiyin ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga qaytarildi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston elchixonasi va Migratsiya agentligi hamkorligida
Polshada qiyin ahvolda qogan vatandoshlar O‘zbekistonga qaytarildi / Foto: «Dunyo» AA

«Vatanga qaytarish» insonparvarlik aksiyasi doirasida Polshada mushkul ahvolga tushgan vatandoshlarimiz yurtga qaytarildi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Elchixona va faol vatandoshlar yordami bilan toshkentlik fuqaro va uning onasi xorijdagi davolanishdan so‘ng O‘zbekistonga yetib keldi. Shuningdek, Telegramdagi yolg‘on va’dalarga ishonib hujjatlaridan ayrilgan Toshkent viloyatilik 21 yoshli fuqaro ham vatanga qaytarildi.

Qaytgach ularga tegishli davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan psixologik hamda huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek