Aydar-Arnasoy ko‘llarida qoidabuzarliklar uchun 82 million so‘m jarima qo‘llandi

eʼlon qilindi
Jami 13 ta huquqbuzarlik aniqlandi
Aydar-Arnasoy ko‘llarida qoidabuzarliklar uchun 82 million so‘m jarima qo‘llandi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xodimlari 1–3-avgust kunlari Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida ekologik nazorat reydlarini o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, tadbirlar davomida 13 ta huquqbuzarlik aniqlanib, jami 82,4 million so‘m jarima belgilandi.

Mazkur hudud mamlakatdagi eng yirik suv-botqoq ekotizimlaridan biri bo‘lib, ko‘plab baliq va qush turlari yashash joyi hisoblanadi. Nazorat ishlari noqonuniy baliq ovlash va brakonyerlikning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, kelgusida ham davom ettiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1-avgustdan ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori oshishi haqida yozgan edi.

Shuningdek