Jinoyat jarayonida ayrim shaxslarga chiqish huquqini cheklash tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Qaror ustidan 48 soat ichida shikoyat berish mumkin
Jinoyat jarayonida ayrim shaxslarga chiqish huquqini cheklash tartibi belgilandi / Foto: Asia-Plus

15-avgust kuni qabul qilingan qonun bilan jinoyat jarayonida majburlov choralarini takomillashtirish bo‘yicha bir qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Yangi tartibga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilmagan, ammo u O‘zbekistondan chiqib ketib, suddan asossiz ravishda yashirinishi ehtimoli mavjud bo‘lsa, chiqish huquqi vaqtincha cheklanadi.

Prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi bunday chora qo‘llash bo‘yicha asoslarni ko‘rsatgan holda iltimosnoma kiritadi. Sud uni yopiq majlisda 8 soat ichida ko‘rib chiqadi va qaror chiqaradi. Qaror ustidan 48 soat ichida shikoyat yoki protest berish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ayrim oilalarga ichimlik suvini ta’minlash xarajatlari uchun subsidiya berilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek