Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga qo‘y eksporti start oldi

Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga qo‘y eskport qilish jarayonlari boshlandi. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov boshchiligidagi ishchi guruh Mo‘g‘ulistonga xizmat safarini amalga oshirdi.
Safar doirasida dastlabki bosqichda ming bosh «Bayad» zotli qo‘y aviatansport orqali O‘zbekistonga olib kelinib, ular Navoiy viloyatida ko‘paytirilishi rejalashtirilmoqda.
Rejaga ko‘ra, 2025-yil oxirigacha jami 100 ming bosh qo‘y respublikaga olib kelinadi:
- oktabr oyining oxirigacha 60 ta reys orqali 50 ming bosh,
- noyabr-dekabr oylarida esa yana 50 ming bosh.
Muzokaralar chog‘ida Mo‘g‘uliston Bosh vaziri o‘rinbosari bilan kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, qo‘y va echkilarni eksport qilishda davlat boji $18dan $7gacha kamaytirildi.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonlik chorvadorlar AQShning elita naslli buqalarini baholagani haqida yozgandi.