ChatGPT mobil ilovasi 700 millionga yaqin yuklab olindi

eʼlon qilindi
Ikki yarim yilda kompaniya daromadi $2 milliardga yetdi
ChatGPT yangilandi
Foto: Didem Mente/Anadolu Agency/Getty Images

Appfigures kompaniyasi tahliliga ko‘ra, ChatGPT mobil ilovasi sun’iy intellekt bozorida mutlaq yetakchiga aylandi.

2023-yil may oyidan buyon iOS va Android ilovalari orqali foydalanuvchilar sarflagan mablag‘lar hajmi $2 milliardga yetdi. Bu raqam Claude, Grok va Copilot kabi barcha raqiblarning jami tushumidan qariyb 30 baravar yuqori.

2025-yilda ChatGPT daromadi $1,35 mlrdni tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 673% ko‘p. Ilovaning o‘rtacha oylik daromadi $193 mln bo‘lib, ChatGPT bugungi kunda dunyo bo‘ylab 690 million marta yuklab olindi.

Yuklab olishlar bo‘yicha Hindiston yetakchilik qilmoqda (13,7%), undan keyin AQSh (10,3%) keladi. AQSh, shuningdek, ChatGPT’ning eng yirik daromad manbai bo‘lib, ilovaning umumiy tushumining 38 foizini ta’minlamoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar reytingi e’lon qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek