Hafta davomida qanday muhim hodisalar yuz berdi

eʼlon qilindi
Dunyo sahnasida muhim yangiliklar sodir bo‘ldi
Uzbekistan
Foto: Visit Uzbekistan

Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida yuz bergan eng muhim hodisa va voqealarni bitta materialga jamladi.

Toshkentda tezlik chegarasi 90 km/soatgacha oshirilishi mumkin

Foto: Facebook

Toshkent shahrining 5 ta ko‘chasida avtomobillar uchun tezlik cheklovini oshirish taklifi berildi. Bu haqda xalq deputatlari shahar Kengashining yig‘ilishida poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Elmurod Alimov ma’lum qildi.

Batafsil

Buxoro viloyatidagi besh ming xonadonda issiqxonalar tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi loyihalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

So‘nggi sakkiz yilda viloyatga $8 mlrddan ortiq investitsiya jalb qilinib, sanoat sohasida 6 mingta yangi korxona ochildi, sanoat mahsulotlari hajmi 6 barobardan oshdi. Turizm rivojlanib, yillik sayyohlar soni 1,7 mlnga yetdi.

Batafsil

Madonna Papa Leo’dan G‘azoga gumanitar missiya bilan borishni so‘radi

Foto: Euronews

Madonna Papa Leo’dan Falastindagi ochlikdan aziyat chekayotgan bolalar uchun gumanitar missiya bilan G‘azoga borishni so‘radi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, san’atkor Papa Leoni ertaga qoldirmasdan G‘azoga borishga chaqirdi va ona sifatida bularni ko‘rishga jur’at qilolmasligini ta’kidladi.

Batafsil

O‘zbekiston qazilmalari global yetkazib berish zanjiriga qo‘shiladi

O‘zbekiston texnologik metallar zavodi (TMK) Kanadadagi Kritik minerallar institutiga (KMI) a’zo bo‘ldi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

KMI sanoat korporatsiyalari, davlat idoralari, ilmiy markazlar va investorlarni birlashtirgan global strategik platforma bo‘lib, bu yil e’lon qilingan 23 ta muhim minerallar ro‘yxati ko‘plab mamlakatlarda sanoat siyosati mezoniga aylangan.

Batafsil

Xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish testlari sanasi belgilandi

Foto: Oliygoh

Xorijiy va O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 18 – 19-avgust kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi ma’lum qildi.

Batafsil

2025-yil 2-yarmidagi chet tili imtihonlari – sanalari, narxi va ro‘yxatdan o‘tish tartibi

Sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkaziladi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz portali orqali onlayn amalga oshiriladi. Talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlab, aynan shu joyda imtihonda qatnashishlari mumkin.

Batafsil

Janubiy Koreya sobiq prezidentining rafiqasi hibsga olindi

Foto: RBK

Janubiy Koreyada sud mamlakat sobiq prezidenti Yun Sok Yolning turmush o‘rtog‘i Kim Kon Xini hibsga olishga order berdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Batafsil

Qozog‘iston prezidenti qora belbog‘ning to‘qqizinchi dan darajasiga ega bo‘ldi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Seulda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Jahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Chungwon Choue bilan uchrashdi. Bu haqda Tengri News ma’lum qildi.

Batafsil

Iyul oyida aholining inflyatsion kutilmalari 0,3 foizga pasaydi

Shu yilning iyul oyida Oʻzbekiston aholisining inflyatsion kutilmalari oʻtgan oyga nisbatan 0,3 foiz bandga pasayib, 12,9 foizni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich Markaziy bank oʻtkazgan soʻrovnomaga koʻra shakllandi.

Batafsil

Soliq tizimidagi nosozlik tufayli mablag‘lar xato yechib olinishi mumkin

Davlat soliq qo‘mitasi my3.soliq.uz tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgani haqida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, nosozlik oqibatida ayrim foydalanuvchilarda soliq qarzdorligi, mablag‘ yechib olinishi kabi noto‘g‘ri ma’lumotlar aks etishi mumkin.

Batafsil

Aholi orasida iyul oyida go‘sht narxi oshganini sezganlar ko‘paydi

Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

Joriy yil iyul oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan 0,1 foizga pasayib, 13,3 foizni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Batafsil

Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv narxlari 15 foizga oshishi mumkin

2025-yilning 1-oktabridan boshlab poytaxtda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Veolia Energy Tashkent bosh direktori Sevara Pardayeva xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Batafsil

«Ovoz» loyihasida mualliflik huquqini buzganlik holati aniqlandi

Foto: Adliya vazirligi

«Ovoz» loyihasida marhum Sherali Jo‘rayev muallifligidagi «Qora ko‘zli sanamjon» asari huquq egasi yoki vakolatli shaxs ruxsatisiz namoyish etilgani aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Batafsil

Bakalavriat uchun mandat natijalari e’lon qilindi

Foto: Manday.uz

2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.

Texnik xatolik sabab 30,1 ming soliq to‘lovchidan pul yechib olindi

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Soliq qo‘mitasidagi texnik nosozlik tufayli 30,1 ming soliq to‘lovchidan jami 399,3 mlrd so‘m mablag‘ asossiz yechib olingan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yechib olingan summalar soliq to‘lovchilarning hisob raqamlariga avtomatik tarzda qaytariladi, yozma murojaat talab qilinmaydi.

Toshkent – Riga reyslari vaqti o‘zgardi

Airbus A321neo

Foto: «Uzairways»

Uzbekistan Airways 14-avgust kungi Toshkent – Riga – Toshkent yo‘nalishidagi HY2XX/2XX reyslarining uchish vaqti o‘zgarganini ma’lum qildi. Bunga 14-avgust kuni havo kemasining kechikib yetib kelishi sabab bo‘lgan. Parvozlar quyidagi yangilangan jadval asosida amalga oshiriladi:

  • HY2XX: Toshkentdan soat 14:00 da uchadi, Rigaga 17:30 da yetib keladi;
  • HY2XY: Rigadan soat 19:00 da uchadi, Toshkentga 02:10 da yetib keladi.

Ichki perevod uchun rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoni berildi

Foto: V-ekspress

Oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni ichki ko‘chirish va ikkinchi oliy ta’limga qabul bo‘yicha rad etilgan ariza egalari 14 – 15-avgust kunlari hujjatlarini qayta tahrirlash imkoniga ega bo‘ldi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.

Prezident qaroriga muvofiq ikkita uzrli sabab bo‘yicha bir oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar transfer.edu.uz orqali ariza topshirgan edi. Ko‘rib chiqish jarayonida ayrim arizalarda kamchiliklar aniqlanib, ular rad etildi. Ushbu talabalar ikki kun davomida arizalarini tuzatib, qayta yuborishi mumkin.

Xorijdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Xorijdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Foto: Adobe Stock

Migratsiya agentligi xorijda bo‘lgan fuqarolarga murojaat qilib, qurolli mojarolar va jangovar harakatlarda ishtirok etish qat’iyan man etilishini eslatdi.

So‘nggi paytlarda ayrim davlatlarda mehnat migrantlarini yollash holatlari ortib bormoqda. Bunday takliflarga rozi bo‘lish nafaqat hayot va erkinlikka, balki kelajak imkoniyatlariga ham katta xavf tug‘diradi.

«O‘zmetkombinat» AJga yangi rahbar tayinlandi

Bahodir Abdullayev

Foto: Wikipedia

«O‘zmetkombinat» AJ boshqaruv raisi – bosh direktor vazifasini bajaruvchi lavozimiga yirik tadbirkor Bahodir To‘jimirzayevich Abdullayev tayinlandi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Bahodir To‘jimirzayevich Abdullayev – 1967-yil Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, oliy ma’lumotli tadbirkor. U B.A Holding kompaniyasining asoschisi va rahbari bo‘lib, biznes sohasida ko‘p yillik tajribaga ega. Abdullayev «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

Toshkentda kvartiralarning yangilangan ijara narxlari ma’lum bo‘ldi

uy-joy

Foto: Kursiv Uzbekistan

Shu yilning iyul oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori iyunga nisbatan 25 foizga, o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan esa 14,2 foizga oshdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillarida ma’lum qilindi.

Maktab va bog‘chalarda majburiy mehnatga qarshi reydlar o‘tkaziladi

Maktab va bog‘chalarda majburiy mehnatga qarshi reydlar o‘tkaziladi

Maktab va bog‘chalarda majburiy mehnatga qarshi reydlar o‘tkaziladi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Joriy yilning 15-avgustidan boshlab Respublika bo‘ylab maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida «Majburiy mehnatga qarshi kurashish haftaligi» e’lon qilinadi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lum qildi.

O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi / Foto: AP

Prezident farmoniga binoan, mamlakatga olib kelingan falastinlik fuqarolarga doimiy g‘amxo‘rlik va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. Unga muvofiq, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa falastinlik fuqarolarga nafaqa tayinlanadi. Mehnat yoshidagi shaxslar (nogironligi I va II guruh bo‘lganlar bundan mustasno) uchun esa har oy minimal iste’mol xarajatlari miqdorida yashash nafaqasi beriladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ayrim oilalarga ichimlik suvini ta’minlash xarajatlari uchun subsidiya beriladi

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ayrim oilalarga ichimlik suvi xarajatlari uchun subsidiya beriladi

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ayrim oilalarga ichimlik suvi xarajatlari uchun subsidiya beriladi / Foto: Facebook

Subsidiya turarjoyda artezian qudug‘i qazish, suv nasoslari hamda ichimlik suvi filtrlari xarid qilish va o‘rnatish xarajatlarining 90 foizini (BHMning 30 baravaridan oshmagan qismini) qoplaydi.

O‘zbekistonga olib kelingan falastinlik bolalar davlat bog‘chalarida bepul o‘qitiladi

bog‘cha

Foto: Vecteezy

O‘zbekistonga kelgan falastinliklarning har bir oilasiga bir martalik ko‘tarma puli to‘lanadi. Mablag‘ oilada ishlatiladigan nooziq-ovqat mahsulotlari xaridiga mo‘ljallangan. Bu haqda prezident farmonida keltirib o‘tildi.

Makgregor UFC ro‘yxatidan chiqarilgani yolg‘on – Dana Uayt

UFC prezidenti Dana Uayt ikki vazn toifasida chempion bo‘lgan irlandiyalik Konor Makgregorning promoushen jangchilar ro‘yxatidan chiqarilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Markaziy bank mijozlarga kredit oldidan chek-list to‘ldirishni taklif qilmoqda

kredit

Foto: Kaboompics.com

Markaziy bank jismoniy shaxslar uchun kredit rasmiylashtirish jarayonida xavflarni tushuntiruvchi majburiy chek-list joriy etish tashabbusi bilan chiqdi.

Yangi tartibga ko‘ra, bank qarzni ma’qullaganidan keyin, ammo shartnoma imzolanishidan avval mijozga chek-list taqdim etadi.

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish dasturiga 200 million dollargacha xorijiy mablag‘ jalb qilinadi

Qoraqalpog‘iston

Foto: Zafarbek Erkaboyev / Kursiv Uzbekistan

Qoraqalpog‘istonni 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasi besh yillik batafsil dastur asosida amalga oshiriladi. Mazkur dastur uchun natijaga asoslangan moliyalashtirish tizimi (PforR) orqali $150–$200 million miqdorida xorijiy mablag‘lar jalb etilishi ko‘zda tutilgan.

Nollardan iborat mobil raqam 850 million so‘mga sotildi

raqam

Foto: Murod Romanov / Kursiv Uzbekistan

Bugun, 15-avgust kuni elektron savdoda boshlang‘ich narxi 500 million so‘m etib belgilangan mobil raqam 850 million so‘mga sotildi. Savdo 8-avgust kuni soat 12:16 da boshlanib, 15-avgust 12:26 da yakunlangan. Ushbu raqam +998 91 000 00 00 bo‘lib, jismoniy shaxs tomonidan xarid qilindi.

O‘zbekistonda shina va batareyalarga ekosbor joriy etilishi mumkin

Фото: Станислав Красильников / ТАСС

Birinchi bosqichda ekosbor batareyalar va akkumulyatorlar, avtomobillar, moylash materiallari, qadoqlar, shinalar va rezina kameralar, shuningdek, shisha buyumlar uchun belgilanishi taklif etilmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi 7SABER sport liboslarida maydonga tushadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi endilikda 7SABER sport liboslarida mamlakat sharafini himoya qiladi.

Yangi forma dizayni milliy ramzlar va zamonaviy sport texnologiyalarini uyg‘unlashtirgan bo‘lib, futbolchilar uchun engil va qulay materiallardan tayyorlangan.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin Alyaskadagi sammitdan keyin jurnalistlarning savollariga javob bermadi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, batafsil bayonotlar allaqachon aytilgan. Uchrashuv «juda ijobiy» o‘tgani, tomonlar hamkorlikda yechim izlash yo‘lida davom etishini bildirdi.

Avvalroq hafta davomida dollar kursi qanchaga pasaygani haqida maqola e’lon qilgan edik. 

Shuningdek