36 million dollarlik jarimaga tortilgan Google, taqdirlangan tadbirkorlar — 18-avgustda sodir bo‘lgan muhim voqealar

Kursiv Uzbekistan 18-avgustda sodir bo‘lgan voqealarni bitta maqolaga joyladi.
Google Avstraliyada $36 millionlik jarimaga tortildi

Avstraliya Raqobat va iste’molchilar komissiyasi (ACCC) Google’ni Telstra va Optus bilan tuzilgan «raqobatni cheklovchi» kelishuvlari uchun sudga berdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
O‘zbekiston va Polsha meva-sabzavot eksportida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Polshaning «Green Crops» xoldingi egasi Mateush Ritel va bosh direktori Adam Rujiskiy bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
18-avgust kuni xorijiy valyutalarni qaysi banklarda qulay narxda almashtirish mumkin
Tijorat banklari 18-avgust uchun xorijiy valyutalarni ayirboshlash kurslarini yangiladi. Kursiv Uzbekistan eng yaxshi narxdagi xorijiy valyuta kurslari haqidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi.
Isroilda urushga qarshi va garovdagilarni ozod qilish talabi bilan namoyishlar o‘tkazildi

Isroilda yuz minglab odamlar G‘azo urushiga chek qo‘yish va Hamas qo‘lida qolayotgan garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv talab qilib ko‘chalarga chiqdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
«Toshkent» RFB komissiyalarni kamaytirishni rejalashtirmoqda
«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB) qimmatli qog‘ozlar savdosida amal qiluvchi komissiya to‘lovlari miqdorlarini qisqartirish bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi boshlanganini ma’lum qildi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Tramp bilan ushrashish uchun Vashingtonga yetib keldi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vashingtonga yetib kelgani va bugun, 18-avgust kuni Donald Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi.
Hamas Isroilning G‘azoni ko‘chirish rejasini rad etdi

Hamas Isroilning G‘azo shahridan aholining ko‘chirilishi bo‘yicha rejasini keskin tanqid qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Tadbirkorlar kuni munosabati bilan bir qator biznes vakillari mukofotlandi
Yangi ish o‘rinlari yaratish, eksportni kengaytirish, innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etish va xalq farovonligini ta’minlashda faol hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh tadbirkorlar, olimlar va ishbilarmonlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Bu haqda prezident farmoni qabul qilindi.
Qozog‘istondan O‘zbekistonga don eksporti sezilarli darajada oshdi
Qozog‘iston 2024-yil sentabridan 2025-yil 10-avgustigacha 9,8 mln tonna g‘alla eksport qildi. «Qozog‘iston temir yo‘llari» AJ ma’lumotiga ko‘ra, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 55 foiz ko‘pdir.
Respublika bo‘ylab 22–23-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
22–23-avgust kunlari O‘zbekiston bo‘ylab «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori asosida «O‘zA» xabar berdi.
Dollar 50 so‘mga pasaydi

Bugun, 18-avgust kuni dollar kursi 50,19 so‘mga pasayib, 12 497,19 so‘mni qayd etdi. Bu haqda Valyuta birjasi xabar bermoqda.
«Hamkorbank» aksiyalari yana 32 foizga qimmatlashdi, «O‘zbektelekom» aksiyalari tushdi
«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 11-avgustdan 15-avgustgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 0,74 foizga tushdi.