Ispaniyada yirik o‘rmon yong‘inlari to‘rt kishining hayotiga zomin bo‘ldi

eʼlon qilindi
Mamlakatda 344 ming gektardan ortiq hudud yonib ketdi
Ispaniyada yirik o‘rmon yong‘inlari to‘rt kishining hayotiga zomin bo‘ldi / Foto: Reuters

Ispaniyada so‘nggi 20 yildagi eng katta yong‘inlar davom etmoqda. Bu haqda Reuters agnetligi ma’lum qildi.

Olov Pikos de Europa tog‘lariga tarqalib, mashhur «Santiago yo‘li» ziyorat marshrutining bir qismini yopishga majbur qildi.

Foto: Reuters

Mudofaa vaziri Margarita Robles yong‘inlarni iqlim o‘zgarishi va uzoq davom etgan issiq to‘lqin bilan izohladi. Shu paytgacha mamlakatda 344 ming gektardan ortiq hudud yonib ketdi.

Yong‘inlarni o‘chirishga 1,9 ming nafar harbiy jalb etilgan, ammo qalin tutun samolyotlar ishini qiyinlashtirmoqda. So‘nggi haftada Galisiya va Kastiliya-Leon hududlarida 20 ga yaqin yirik yong‘inlar qayd etildi.

Foto: Reuters

Olov oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan. Muxolifat hukumatni sustkashlikda ayblamoqda, bosh vazir esa iqlim o‘zgarishiga qarshi umumxalq kelishuvini taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kashmirdagi toshqin va ko‘chkilar 60 kishining umriga zomin bo‘lgan edi.

Shuningdek