Tramp va Zelenskiy Oq uyda uchrashdi

eʼlon qilindi
Sammitda Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Finlyandiya rahbarlari hamda YI va NATO vakillari qatnashdi
Tramp va Zelenskiy Oq uyda uchrashdi / Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Foto: Reuters

Rossiya bilan urushni tugatishga qaratilgan kelishuvda AQSh Ukraina xavfsizligini kafolatlashga yordam berishini ma’lum qildi.

Zelenskiy bu va’dani «katta qadam» deb atab, yaqin 10 kun ichida hujjatlashtirilishini aytdi. Ukraina, shuningdek, AQShdan $90 mlrdlik qurol xarid qilish taklifini berdi.

Foto: Reuters

Yevropa yetakchilari har qanday bevosita muzokaralardan avval sulh tuzilishini shart qilib qo‘ydi. Tramp esa janglar davom etayotganida ham tinchlik kelishuvi ustida ishlash mumkinligini ta’kidladi.

Rossiya NATO qo‘shinlarining Ukrainaga joylashtirilishini rad etdi. Shu bilan birga, yaqin ikki hafta ichida Putin va Zelenskiy uchrashuvi Vengriyada o‘tkazilishi mumkinligi aytilmoqda.

Foto: Reuters

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp – Putin uchrashuvi aniq kelishuvsiz yakunlangani haqida yozgan edik.

Shuningdek