10-sentabrdan Toshkent viloyatida issiq suv va isitish xizmatlari tarifi oshadi

eʼlon qilindi
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qaroriga asosan
Issiq suv
Foto: depositphotos.com

Shu yilning 10-sentabridan Toshkent viloyatidagi markaziy issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar narxlari yangilanadi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi 18-avgust kuni qabul qilgan qarorida keltirilgan.

Qarorga ko‘ra, aholiga, budjet tashkilotlariga hamda ulgurji iste’molchilarga taqdim etiladigan issiq suv va issiqlik energiyasi xizmatlarida o‘sish kuzatiladi.

Yangilangan tariflar (QQS bilan, so‘mda):

Hudud / Xizmat turiIssiqlik energiyasi (1 Gkal)Issiq suv (1 m³, hisobdoni bor)Issiq suv (1 kishi, oyiga)Isitish (1 kv.m, kuniga)
Viloyat bo‘yicha102,8 ming so‘m5 654,9 so‘m22 084,2 so‘m205,6 so‘m
Angren shahar102,8 ming so‘m6 685,9 so‘m21 950,3 so‘m187,6 so‘m
Chirchiq shahar111,4 ming so‘m6 128,7 so‘m22 720,9 so‘m188,3 so‘m
Olmaliq shahar110,9 ming so‘m6 098,4 so‘m23 063,0 so‘m155,2 so‘m

Shuningdek, budjet tashkilotlari va yirik iste’molchilar uchun ham issiqlik energiyasi narxi bir xil qilib belgilandi — 700 ming so‘m (1 Gkal, QQS bilan).

Qarorga ko‘ra, mazkur tariflar erta qo‘llanilmasligi va asossiz oshirib yuborilmasligi uchun mas’ullar shaxsan javobgar hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-oktabrdan Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti va issiq suv narxlari 15 foizga oshishi mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek