«Afrosiyob» poyezdlarida Wi-Fi tarmog‘i ishga tushirildi

«Afrosiyob» poyezdlarida Wi-Fi tarmog‘i ishga tushirildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Yo‘lovchilar tarmoqqa ulanib ichki media-portal orqali filmlar ko‘rishi, musiqa tinglashi va turli kontentlardan bahramand bo‘lishi mumkin. Internetning dastlabki 30 daqiqasi bepul.
Ulanish uchun faqat poyezd ichidagi Wi-Fi tarmog‘ini tanlash kifoya. Wi-Fi har bir vagon va barcha yo‘nalishda ishlaydi.
Avvalroq «Kursiv» Starlink Oʻzbekistonda 2026-yilda ish boshlashi mumkinligi haqida yozgandi.
Dastlab kompaniya Oʻzbekiston bozoriga 2023-yilda kirishi rejalashtirilgandi. Keyinchalik muddat 2025-yilga surildi, endi esa yana bir yilga kechiktirildi.
SpaceX bundan oldin 2022-yilda Oʻzbekistonda yirik loyihalar amalga oshirishga tayyor ekanini bildirgan. Shuningdek, «Oʻzbekkosmos» taklifi qabul qilinsa, 2028-yilda Xalqaro astronavtika kongressi Toshkentda oʻtkazilishi va Ilon Mask ham tadbirga tashrif buyurishi ehtimoli bor.