Tramp va Zelenskiy uchrashuvi, 68 milliardlik oltin koni — 19-avgustdagi muhim voqealar

Avtomobil sotuvchi rasmiy dilerlar, Toshkent viloyatida oshayotgan issiq suv tariflari, 68 milliardga sotilgan oltin koni, Tramp va Zelenskiy uchrashuvi tafsilotlari, Islom sivilizatsiyasi markazidagi yong‘in – Kursiv Uzbekistan 19-avgustda sodir bo‘lgan voqealarni bitta maqolaga jamladi.
Rossiya va O‘zbekiston $3,5 milliardlik loyihalarni rejalashtirmoqda

Rossiya va O‘zbekiston qiymati qariyb $3,5 mlrdga teng loyihalarni amalga oshirish ustida ishlamoqda. Bu haqda Rossiya eksport markazi vakolatxonasi rahbari Pavel Buxanov Kursiv Uzbekistan muxbiriga ma’lum qildi.
Yengil avtomobillarni sotuvchi rasmiy dilerlar ro‘yxati e’lon qilindi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi fuqarolarning avtomobil xaridida chalg‘ituvchi holatlarga duch kelmasliklari uchun mamlakatda muvofiqligi tasdiqlangan rasmiy dilerlar ro‘yxatini tasdiqladi.
Tramp, Zelenskiy hamda Yevropa yetakchilari uchrashuvida nimalar muhokama qilindi

Bu safargi muloqot fevral oyidagi sovuqroq uchrashuvdan farqli ravishda iliqroq ruhda kechgan bo‘lsa-da, unday katta kelishuvlar sodir bo‘lmadi. Quyida Tramp va Zelenskiy uchrashuvidagi eng ahamiyatli jihatlarni sanab o‘tamiz.
Hamas 60 kunlik sulh taklifini qabul qildi

Rejaga ko‘ra, garovdagilarning yarmi ozod qilinadi, buning evaziga Isroil bir guruh falastinlik mahbuslarni qo‘yib yuboradi. Muzokaralarda Misr, Qatar va AQSh vositachilik qilmoqda.
Islom sivilizatsiyasi markazi hududida yong‘in yuz berdi, bosh vazir voqea joyiga bordi

Yong‘in soat 11:32 da o‘rab olinib, 11:34 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa natijasida 19 kvadrat metr maydonda izolyatsiya mahsuloti yonib zararlangan. Voqea joyiga Bosh vazir Abdulla Aripov borib, vaziyatni o‘rgandi.
10-sentabrdan Toshkent viloyatida issiq suv va isitish xizmatlari tarifi oshadi

Qarorga ko‘ra, aholiga, budjet tashkilotlariga hamda ulgurji iste’molchilarga taqdim etiladigan issiq suv va issiqlik energiyasi xizmatlarida o‘sish kuzatiladi.
Navoiy viloyatidagi oltin koni auksionda 68 milliard so‘mga sotildi

Navoiy viloyatidagi «Temirchi» oltin koni uchun geologik-qidiruv huquqi auksionda 67,8 mlrd so‘mga sotildi. Savdo natijalari haqida ma’lumot E-auksion platformasida e’lon qilindi.
Dollar deyarli 30 so‘mga yuqoriladi

Bugun, 19-avgust kuni dollar kursi 27,73 so‘mga oshib, 12 524,92 so‘mni qayd etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 32,39 so‘mga oshib, 14 630,36 so‘mni, rubl esa 0,25 so‘mga oshib, 155,96 so‘mni tashkil qildi.
«Afrosiyob» poyezdlarida Wi-Fi tarmog‘i ishga tushirildi

Yo‘lovchilar tarmoqqa ulanib ichki media-portal orqali filmlar ko‘rishi, musiqa tinglashi va turli kontentlardan bahramand bo‘lishi mumkin. Internetning dastlabki 30 daqiqasi bepul.
O‘zbekiston va Qozog‘iston tinch atom sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishdi

«O‘zatom» agentligida Qozog‘iston delegatsiya bilan atom energetikasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashga doir uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bundan oldin Kursiv Uzbekistan 18-avgustda sodir bo‘lgan muhim voqealar haqida yozgandi.